Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
Banklar portfelida muammoli kreditlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun maʼqullandi

Banklar portfelida muammoli kreditlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun maʼqullandi

Banklar portfelida muammoli kreditlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun maʼqullandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning o‘ninchi yalpi majlisida “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Senatorlar tomonidan ushbu Qonunni qabul qilish zaruratiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, islohotlar jarayonida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday bo‘yin tovlashning oldini olish, fuqarolarning mol-mulki va pul mablag‘lari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonunda ijro hujjatlari asosida auksion savdolarida sotilmagan mol-mulk undiruvchiga natura shaklda o‘tkazilayotganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi idora tomonidan qo‘yilgan barcha taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinishi belgilanmoqda. Bunda davlat ijrochisining qarori mol-mulkni taqiqlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lishi mustahkamlanmoqda.

Qonunni ishlab chiqishda bir qator ilg‘or davlatlarning qonunchilik tajribasi o‘rganilgani hamda inobatga olingani taʼkidlandi.

Qonun kreditorlarning garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlashga, mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taʼminlovchi choralar davlat ijrochisining qarorlari asosida bekor qilinishiga, kredit tashkilotlarining muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling