Bank sektori aksiyadorlar soni va kapitallashuvi bo'yicha kapital bozorida yetakchi bo'lib qolmoqda
Bank sektori aksiyadorlar soni va kapitallashuvi bo'yicha kapital bozorida yetakchi bo'lib qolmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil yakunlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bank sektori nafaqat kapitallashuv hajmi, balki aksiyadorlar qamrovi bo‘yicha ham kapital bozorining eng ommabop segmenti bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda 38 ta bank tomonidan chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi 95,9 trln so‘mdan oshdi.
Aksiyadorlar sonining ko‘pligi — bu aholi va biznes vakillarining ushbu moliya muassasasiga bo‘lgan ishonchi belgisidir. Jami 234 531 nafar aksiyadorning qariyb 75 foizi (174 089 nafari) jismoniy shaxslar ekanligi aholining qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Agrobank — umumiy aksiyadorlar soni bo‘yicha reytingning mutloq yetakchisi. Bank 92 789 nafar aksiyador bilan bozorda yaqqol ustunlikka ega.
Sanoatqurilishbank (40 145) va Mikrokreditbank (34 603) aksiyadorlar bazasining ko‘lami bo‘yicha kuchli uchlikni mustahkam egallab turibdi.
Ipoteka-bank (22 003) va Turonbank (10 715) ham yirik aksiyadorlar tarkibiga ega banklar sifatida ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni band etgan.
Aksiyadorlar reestrining Markaziy depozitariyda yuritilishi har bir investor huquqlarining himoyasi va ma’lumotlar shaffofligining kafolatidir. Ushbu raqamlar mamlakatimiz bank tizimining xalqchil va ochiq bo‘lib borayotganini yaqqol aks ettiradi.