Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Iqtisod 02/08/2025 Bangladesh elchisi “Toshkent Pharma Park”ga tashrif buyurdi, sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi

Bangladesh elchisi “Toshkent Pharma Park”ga tashrif buyurdi, sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 avgust kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Doktor Mohammad Monirul Islam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri texnoparki hududiga ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Bangladesh kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda xususiy investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlari, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda kontrakt asosida dori vositalarini ishlab chiqarish (contract manufacturing) sohasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Elchi janoblari Bangladeshning yirik farmatsevtika kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirayotganini taʼkidlab, bu yo‘nalishda aniq amaliy qadamlarni belgilash zarurligini qayd etdi. Uchrashuv doirasida ushbu masalalarni keng muhokama qilish va istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida Bangladesh tomonidan yirik farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazilishi taklif etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling