Bahtiyor Saidov YUNISEF bilan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va mintaqa rivojiga qaratilgan loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Bahtiyor Saidov YUNISEF ijrochi direktori Ketrin Meri Rassel bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vazir o‘zining Telegram-kanalida taʼkidlashicha, O‘zbekiston hukumati uchun mamlakatda va butun dunyoda kelajak avlod farovonligi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish ustuvor maqsad bo‘lib qolmoqda.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar mintaqadagi millionlab bolalarning yorug‘ kelajagini shakllantirishga qaratilgan muhim qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Bahtiyor Saidov YUNISEF bilan yaqin hamkorlikni yuksak qadrlashini bildirib, O‘zbekiston tomonidan Fondga keng qamrovli qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.