Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Bahrayn 2025: O‘zbekiston delegatsiyasi ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar III Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi kuchli start oldi.
Kurash bahslarida sportchilarimiz – Otabek Yo‘ldoshboyev (65 kilogrammgacha) va Durdona Tursunova (70 kilogrammgacha) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalda Tursunova Qirg‘iziston vakilini ishonchli tarzda mag‘lub etgan bo‘lsa, Yo‘ldoshboyev eronlik raqibini mag‘lub etdi.