“Azimut” aviakompaniyasi Rostov-na-Donudan Samarqand va Andijonga parvozlar uchun ruxsat so‘radi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi 2022 yildan buyon yopiq bo‘lib turgan Rostov-na-Donu shahridagi Platov aeroportidan xalqaro parvozlarni amalga oshirish uchun Rossiya aviatsiya agentligiga (Rosaviatsiya) rasmiy ravishda ruxsat so‘rab murojaat qildi. Bu haqda idora saytida eʼlon qilingan aviataʼminlovchilarni ruxsatlash bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi materiallarida maʼlum qilingan.
Hujjatlarga ko‘ra, aviatashuvchi Rostov-na-Donudan Samarqand va Andijon (O‘zbekiston), shuningdek, Oqto‘be va Atirau (Qozog‘iston), Jidda va Er-Riyod (Saudiya Arabistoni) hamda Dubay (BAA) shaharlariga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun ruxsat olishni maqsad qilgan.
Bundan tashqari, aviakompaniya O‘zbekiston yo‘nalishini ham o‘z ichiga olgan to‘rtta charter marshruti bo‘yicha ruxsat so‘ragan.
Ro‘yxatda quyidagi reyslar mavjud: Mineralni Vodi – Samarqand – Rostov-na-Donu va Sochi – Samarqand – Rostov-na-Donu, shuningdek, BAAga yo‘naltirilgan ikki marshrut.