Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Ayubxon Raxmatullayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayubxon Raxmatullayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Operativ-qidiruv faoliyati departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Farg‘ona viloyati IIB rahbari lavozimida Ayubxon Raxmatullayev Azizbek Ikramovning o‘rnini egalladi. Azizbek Ikramov bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan edi.