Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
“Ayritom” chegara bojxona postida rekonstruksiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda

“Ayritom” chegara bojxona postida rekonstruksiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda

“Ayritom” chegara bojxona postida rekonstruksiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasi Rais maslahatchisi I. Muxtorov, boshqarma boshliqlari E. Salixov, A. Dusmuxamedov hamda   mas’ul xodimlar “Ayritom” chegara bojxona postida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.

"Ayritom" chegara bojxona postining o‘tkazuvchanlikni oshirishda texnik vositalar va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda  transport nazorati tizimlarini joylashtirish oshirish masalalari o‘rganildi.

Mamlakatimiz tashqi savdo ko‘rsatkichlarining o‘sishi mazkur post faoliyatida ham aks etmoqda. 2025-yilda post orqali 1,1 milliondan ortiq jismoniy shaxs harakatlangan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 1,5 million nafarga yetishi kutilmoqda. Yuk avtotransportlari oqimining ortishi infratuzilmani kengaytirishni taqozo etmoqda.

Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2026-yilda postda keng ko‘lamli qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Rekonstruksiya doirasida yopiq ayvonlar barpo etilib, bir vaqtning o‘zida 12 ta yuk avtotransportini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi (hozirda — 4 ta).

Shuningdek, mazkur bojxona postida Afg‘onistondan kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish uchun zamonaviy fuqarolar yo‘laklari barpo qilinmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling