Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yana-da kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonning mazkur Farmon ilovasida belgilangan davlatlardagi elchixonalarining shtat jadvaliga qo‘shimcha ravishda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.
Ushbu lavozim xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning madaniyat va turizm sohalaridagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan.
Maslahatchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i taqdimnomasiga muvofiq tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Maslahatchi tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi.
Maslahatchi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘iga hisobdor bo‘ladi.