Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Turizm 26/08/2025 Aydar – Arnasoy turizm zonasida yangi ekoturizm maskani barpo etilmoqda

Aydar – Arnasoy turizm zonasida yangi ekoturizm maskani barpo etilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatda turizmni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmi imkoniyatlarini kengaytirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish maqsadida Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida, Aydar – Arnasoy hududida turizm va ekologik uyg‘unlik asosida yangi ekoturizm maskani qurilishi davom etmoqda.

Yangi maskan doirasida zamonaviy yondashuv asosida ekologik mehmon uylari, velosiped va piyoda sayr yo‘laklari, shuningdek, tabiatni asrashga xizmat qiluvchi axborot markazi ham barpo etiladi.

Qurilish ishlari uchun 60 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 190 nafardan ortiq ishchi faoliyat yuritmoqda.

Ekoturizm maskani 2025-yilning noyabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu yerda sayyohlar uchun qulayliklar bilan birga, tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yechimlar – quyosh panellari, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari, chiqindilarni saralash punktlari kabi infratuzilmalar ham o‘rnatiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling