Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Axborot texnologiyalari sohacida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi

Axborot texnologiyalari sohacida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi

Axborot texnologiyalari sohacida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagi sohalarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi:

axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish;

ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish;

bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.

2027 yil 1 yanvargacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi:

aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish;

axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki to‘xtalish holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilishini tashkil etish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling