«Avtosanoat invest» va “Ipoteka-bank” avtomobil ijarasi va lizingi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
«Avtosanoat invest» va “Ipoteka-bank” avtomobil ijarasi va lizingi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda avtotransportni ijaraga berish va lizing sohasida yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.
2025 yil 11 noyabrda «OTP Avtosanoat Finance» MCHJ (STIR 312566261) 60,07 mlrd so‘m ustav kapitali bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Kompaniya muassislari sifatida “O‘zavtosanoat” tarkibiga kiruvchi va 51 foiz ulushga ega «Avtosanoat invest» hamda Vengriyaning OTP guruhiga kiruvchi, 49 foiz ulushga ega “Ipoteka-bank” ishtirok etmoqda. Yangi shoʻba korxona rahbari etib Saidjon Kodirov tayinlandi.
Kompaniya davlatga qarashli “O‘zavtosanoat” AJ bosh ofisi manzilida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, avtomobillarni ijaraga berish va lizing sxemalari asosida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadi.