Valyuta kurslari 30/03/2026
$1 – 12195.50
UZS – 0,13%
€1 – 14049.22
UZS – -0,22%
₽1 – 149.71
UZS – 0,8%
Qidirish
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi

“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi

“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Toza havo» milliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan har oyning 10 va 25 sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi. Bunda:

mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi;

ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

2026 yil 1 avgustdan “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishi taʼminlanadi.

2026 yil 1 apreldan chang bo‘ronlarining oldini olish uchun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling