Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
Avstriyaning Krems Amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi Namanganda

Avstriyaning Krems Amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi Namanganda

Avstriyaning Krems Amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi Namanganda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vena shahrida joylashgan Krems Amaliy fanlar universiteti 1994 yilda tashkil topgan. Ayni paytda 3100 nafar talaba va 560 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Universitetning xalqaro xamkorlari 200 ga yaqin.

Universitetga Yevropa hamda xalqaro sifat nazorat agentliklari tomonidan ISO sertifikatlari (ISO 9001, ISO 14001, ISO 29990) berilgan. Ozarbayjon, Xitoy, Misr va Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekistondan Iqtisodiyot universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.

Krems Amaliy fanlar universiteti kuzatuv Kengashi raisi Xayns Boyer boshchiligidagi delegatsiya Namanganga keldi.

Mehmonlarni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabul qildi.

Samimiy o‘tgan muloqotda turizm, tadbirkorlik va talabalar tayyorlashda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy delegatsiya vakillari Namanganda oliy taʼlimga qaratilayotgan eʼtiborni yuqori baholab, turizm, tibbiyot sohalariga xalqaro standartlar bo‘yicha malakali kadrlar yetkazib berish borasida hamkorlik yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar.

"Namanganga ilk bor kelishim. Gullar yurti menda katta taassurot qoldirdi. Viloyatda turzim, mehmonxona xo‘jaligi va taʼlimni birlashtirgan katta loyihani rejalashtirib turibmiz. Bu dual taʼlimga asoslanadi va ishonchim komil, hamkorligimiz kelajakda Namangan-Yevropa aloqalarida ko‘prik bo‘ladi", - dedi Xayns Boyer.

Taʼkidlash joiz, ayni vaqtda Krems Amaliy fanlar universiteti hamda Namangan Davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Mehmonlar Namanganning yetakchi oliygohi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kelgusi rejalarni belgilab olishmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling