Valyuta kurslari 25/11/2025
$1 – 11988.32
UZS – 0,14%
€1 – 13822.53
UZS – 0,18%
₽1 – 152.02
UZS – 0,14%
Qidirish
Aviatsiya rivoji Oʻzbekiston uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochmoqda

Aviatsiya rivoji Oʻzbekiston uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochmoqda

Aviatsiya rivoji Oʻzbekiston uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) mamlakat iqtisodiyotiga aviatsiya sohasining qoʻshayotgan hissasiga bagʻishlangan Value of Air Transport Study for Uzbekistan tadqiqotini taqdim etdi. 

Aviatsiya sohasida 12 400 kishi bevosita band boʻlib, ular 96,5 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha qiymat yaratmoqda. Tarmoqlararo hamkorlik, xodimlar xarajatlari va turizmni hisobga olganda, aviatsiyaning umumiy iqtisodiy ta’siri 795,5 million dollarni yoki YaIMning 0,9 foizini tashkil etib, 128 300 ish oʻrnini qoʻllab-quvvatlamoqda.

«Oʻzbekistonning aeroportlarni rivojlantirish, aviaparkni yangilash, xavfsizlik standartlarini oshirish va mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan doimiy investitsiyalari barqaror va dinamik rivojlanayotgan aviatsiya sohasini shakllantirishda muhim rol oʻynadi. Bu esa turizmning oʻsishiga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga va mamlakatning Sharq bilan Gʻarb oʻrtasidagi kelajakdagi tranzit markazi sifatidagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda», — dedi Rafael Shvartsman, IATAning Yevropa boʻyicha mintaqaviy vitse-prezidenti.

Aviatsiya turizm sohasini bevosita qoʻllab-quvvatlaydi: uning Oʻzbekiston YaIMidagi hissasi 282,9 million dollarni tashkil etadi, xorijiy sayyohlar esa har yili mamlakat iqtisodiyotiga taxminan 2 milliard dollar keltirmoqda.

Oʻzbekiston yuk aviatsiyasi uchun ham muhim tranzit markaziga aylanmoqda. 2023-yilda mamlakat aeroportlari orqali 66,6 ming tonna yuk tashilgan, bu koʻrsatkich Toshkentdagi yangi terminal ishga tushirilishi va Navoiydagi hublarni rivojlantirish bilan yanada oshishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan Oʻzbekiston Osiyo, Kavkaz va Yevropa oʻrtasida strategik transport bogʻlanishini taʼminlaydigan muhim halqa boʻlib bormoqda.

Sohani yanada rivojlantirish uchun IATA toʻrtta ustuvor yoʻnalishni ajratib koʻrsatdi:

xalqaro standartlar va ilgʻor amaliyotlarga muvofiqlik;

raqobatbardosh narxlarni saqlab qolgan holda infratuzilmani rivojlantirish;

ekologik barqaror SAF (barqaror aviatsion yoqilgʻi) ishlab chiqarish;

malakali kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling