Avgust oyida O‘zbekistonda biznes faoliyati indeksi o‘rtcha o‘sish qayd etdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Avgust oyida O‘zbekistonda biznes faoliyati indeksi o‘rtcha o‘sish qayd etdi

Avgust oyida O‘zbekistonda biznes faoliyati indeksi o‘rtcha o‘sish qayd etdi

Avgust oyida O‘zbekistonda biznes faoliyati indeksi o‘rtcha o‘sish qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil avgust oyida O‘zbekistonda Biznes faoliyati indeksi (BFI) 1 029 punktni tashkil etib, iyulga nisbatan 2,9 foizga oshdi. Yillik ifodada o‘sish 30,9 foizni tashkil qildi.

Ijobiy dinamika tovar-xomashyo birjasidagi faoliyatning o‘sishi (+14,2%) va amal qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonining ko‘payishi (+0,4%) bilan izohlanadi. Shu bilan birga, bank hisobvarag‘idagi operatsiyalar soni (–7%) va tovar belgilari ro‘yxatga olinishi (–15%) kamayishi qayd etildi.

Hududlar kesimida BFIning eng katta o‘sishi Sirdaryo (+72,3%), Navoiy (+45,5%) va Andijon (+38,3%) viloyatlari hamda Toshkent (+36,7%) shahrida kuzatildi. Pasayish esa Xorazm (–11,5%), Jizzax (–11,0%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (–7,5%), Surxondaryo (–6,0%) va Buxoro (–5,5%) viloyatlarida qayd etildi.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, BFIning yillik barqaror o‘sishi mamlakatda iqtisodiy faoliyat va biznes muhitidagi ijobiy tendensiyalarni aks ettirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling