Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024 yil 4 iyul kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.