Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Asia Alliance Bank Humans’dan 65 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni to‘lashni talab qilmoqda

Asia Alliance Bank Humans’dan 65 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni to‘lashni talab qilmoqda

Asia Alliance Bank Humans’dan 65 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni to‘lashni talab qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Asia Alliance Bank Humans kompaniyalaridan 65 mlrd so‘mdan ziyod miqdordagi qarzni sud orqali undirish jarayonini boshladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha o‘nlab anonim Telegram-kanallarda Humans‘ning turli tashkilotlar oldidagi iddao qilingan qarzlari haqida bir xil mazmundagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Ularda kompaniyaning Yandex oldidagi qarzi go‘yoki 13,3 million dollarni, Octobank oldidagi qarzi 533 mlrd so‘mni, Asia Alliance Bank oldidagi qarzi esa 3,9 million dollarni tashkil qilishi aytilgan edi.

Asia Alliance Bank‘ning maʼlum qilinishicha, “Humans” MCHJ guruhi va “Humans Companies” AJ bank oldida haqiqatdan ham bir qator majburiyatlarga ega. Shartnomalar shartlarining muntazam buzilishi va majburiyatlarni bajarmaslik sabab bank qarzni undirish jarayonini boshlashga majbur bo‘lgan.

Bayanotda taʼkidlanishicha, sud instansiyalarida ishlar ko‘rib chiqilishi jarayonida AKB “Asia Alliance Bank” 65 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi qarzni undirish to‘g‘risida daʼvo arizalarini kiritgan.

Bank, shuningdek, konstruktiv muloqotga va o‘z pozitsiyasi bo‘yicha izoh berishga tayyorligini bildirgan.

Bundan avval, 8 may kuni Toshkent iqtisodiy sudi “Uzbektelekom”ning Humans‘dan 520 mlrd so‘mdan ziyod qarzni undirish haqidagi daʼvo arizasini qanoatlantirgan edi.

Iyun oyida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi kompaniyani Octobank oldidagi qarzni qoplashga majbur qilgan (aniq summa oshkor qilinmagan).

Dastlab Octobank qarz va zararlar kompensatsiyasi sifatida 500 mlrd so‘mdan ortiq miqdorni undirishni talab qilgan. Javob tariqasida esa Humans bank Maroqand to‘lov tashkilotidan “asossiz boylik” sifatida olgan, kompaniya hisoblashicha 403,7 mlrd so‘mni tashkil etuvchi mablag‘ni qaytarish haqida qarshi daʼvo kiritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling