Artel Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga suv isitgichlarini eksport qilishni boshladi
Artel Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga suv isitgichlarini eksport qilishni boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Artel kompaniyasi xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga suv isitgich qurilmalarini muvaffaqiyatli ravishda eksport qilmoqda.
Yaqinda Royal brendi ostidagi mahsulotlar Polshaga yetkazib berildi va u yerda isteʼmolchilar orasida o‘z o‘rnini egallashni boshladi.
Joriy yetkazib berish doirasida Polshaga hajmi 50 litr bo‘lgan Royal Dry rusumli 200 ta boyler hamda hajmi 80 litr bo‘lgan 200 ta boyler yuborildi.
Shuningdek, tomonlar uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Keyingi davrda har yili taxminan 5 000 ta suv isitgich qurilmalarini yetkazib berish rejalashtirilmoqda, bu esa kompaniyaga Yevropa bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash va eksport portfelini kengaytirish imkonini beradi.