Ar-Riyod shahrida Toshkent viloyati hokimligi delegatsiyasi tomonidan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi

Ar-Riyod shahrida Toshkent viloyati hokimligi delegatsiyasi tomonidan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi

Ar-Riyod shahrida Toshkent viloyati hokimligi delegatsiyasi tomonidan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29–30 mart kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yordamchisi D. Rasulov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i J. Anvarov ishtirokda xorijlik  hamkorlar bilan muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Xususan,  Boulevard World ko‘ngilochar markazi rahbariyati bilan mazkur markaz hududida O‘zbekiston ekspozisiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida mamlakatimizning madaniy-tarixiy obidalari maketlari, milliy taomlar, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlari namoyishi va savdosi uchun do‘konlar joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. 

Boulevard World — Boulevard City yaqinida joylashgan yirik  platforma bo‘lib,  u tashrif buyuruvchilarga go‘yoki “dunyo bo‘ylab sayohat” qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yerda Fransiya, Xitoy, Hindiston, Italiya, Gresiya, Misr va boshqa davlatlarning madaniyati hamda  diqqatga sazovor maskanlarining namunalarini uchratish mumkin. 

Markazga har kuni 20 mingdan ortiq Saudiya Arabistoni fuqarolari va xorijlik mehmonlar tashrif buyuradi. 

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning turizm va investision salohiyatini Saudiya Arabistoni fuqarolari hamda mehmonlariga keng targ‘ib qilish, milliy madaniyatimiz va mahsulotlarimizni xalqaro maydonda yanada keng namoyon etishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling