Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 29/01/2025 AQSHning “CalCity Industrial Park” kompaniyasi vakillari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida

AQSHning “CalCity Industrial Park” kompaniyasi vakillari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida AQSHning “CalCity Industrial Park” kompaniyasi Stepan Kyurkchu boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va uyushma rahbariyati, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisi v.v.b Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish, xalqaro aloqalar, sohadagi tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlikda investitsiya loyihasini amalga oshirish, savdo uyi va omborlarini ochish, xomashyo manbalari, geologiya qidiruv ishari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

Mexmonlarga O‘zbekistonda kaolin ishlab chiqarish va uni boyitish bo‘yicha istiqbolli loyihalar taklif etildi.

AQSH delegatsiyasi O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatini yuqori baholab, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, eksport ko‘lamini kengaytirish, Respublikada investitsiya loyihasini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarini olib kirish hamda tajriba almashish bo‘yicha firk bildirishdi. Shu bilan birga yangi turdagi qurilish materiallari sihlab chiqarish bo‘yicha ham taklif bildirishdi.

Shu kuni har ikki tomon vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga uyushma bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

AQSH ishbilarmon doira vakillari Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikarida ham bo‘lishadi.

“CalCity Industrial Park” kompaniyasining asosiy faoliyati kannabis va sanoat kanopasini yetishtirish, chuqur qayta ishlash va ularni yangi texnologiyalar asosida farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, tekstil, mebel mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarishda keng foydalanishni joriy qilish hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling