Valyuta kurslari 10/11/2025
$1 – 12060.27
UZS – 0,31%
€1 – 13916.35
UZS – 0,53%
₽1 – 148.87
UZS – 0,49%
Qidirish
AQSHdan 28,6 ming turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi

AQSHdan 28,6 ming turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi

AQSHdan 28,6 ming turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentyabr oylari davomida AQSHning 28,6 ming nafar fuqarosi turizm va boshqa maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 22,4 foizga ko‘pdir.

Amerika fuqarolarining katta qismi mamlakatga turistik maqsadda kelgan — 23,6 ming nafar.

Bundan tashqari, 2,4 ming kishi xizmat safari bilan, 2,1 ming kishi qarindoshlarini ziyorat qilish uchun kelgan. Shuningdek, 395 nafar kishi o‘qish uchun, 111 kishi ishbilarmonlik masalalari bo‘yicha, 11 kishi esa tibbiy muolaja olish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling