Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
AQSH Xo‘jand deklaratsiyasini qo‘llab-quvvatladi

AQSH Xo‘jand deklaratsiyasini qo‘llab-quvvatladi

AQSH Xo‘jand deklaratsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqinda imzolangan Xo‘jand deklaratsiyasi va Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi uch davlat davlat chegaralari tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi maʼlum qildi.

«Bunday qadamlar mintaqaviy integratsiyani qo‘llab-quvvatlash va barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega», — deyiladi diplomatik vakolatxona bayonotida.

«Biz ushbu kelishuv iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga, uch davlat xalqlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilishiga va butun mintaqa barqarorligini mustahkamlashga olib kelishiga umid qilamiz», — deb qo‘shimcha qildi elchixona.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling