Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
AQSH Kongressida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

AQSH Kongressida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

AQSH Kongressida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vashingtonda AQSH Kongressi binosida “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot marosimida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, AQSH Kongressi, Oq uy, Davlat departamenti, yetakchi federal agentliklar, xalqaro kompaniyalar, biznes-assotsiatsiyalar hamda diplomatik va ekspert doiralardan 70 dan ortiq vakillar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvi, inson huquqlari, iqtisodiyot, taʼlim, gender tenglik va tashqi siyosat sohalaridagi o‘zgarishlar haqida fikr almashdi.

Tadbirda taʼlim, sog‘liqni saqlash, gender siyosat va ijtimoiy himoya sohalarida erishilgan yutuqlar, xususan, ayollar huquqlari hamda yoshlar salohiyatining oshishiga alohida eʼtibor qaratildi.

So‘zga chiqqan AQSH Kongressi aʼzolari kitob chop etilishini yuksak baholab, Prezident Shavkat Mirziyoyevni zamonaviy siyosiy yetakchi va demokratik islohotlarga intiluvchi davlat rahbari sifatida eʼtirof etishdi.

Taʼkidlanganidek, 2017-yildan buyon O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida taʼlim va yoshlar siyosati sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini taʼkidladi. Minglab o‘zbekistonlik talabalar va mutaxassislar AQSHda malaka oshirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, muloqot va pragmatizm tamoyillariga asoslangani alohida qayd etildi.

Taqdimot yakunida kitob mazmuniga asoslangan holda qator davra suhbatlari va tahliliy uchrashuvlarni tashkil etish, ular doirasida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling