Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Iqtisod 04/02/2025 Amerikaning Paul Mueller kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Amerikaning Paul Mueller kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligida AQSHning zanglamaydigan metall sanoat va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi "Paul Mueller Company" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida, “Paul Mueller Company” kompaniyasi, O‘zbekistonning sut sanoati va strategik mintaqaviy mavqeini inobatga olgan holda, mamlakatni faoliyat uchun potensial baza sifatida ko‘rishini ta’kidladi.

Kompaniya, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlash kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va sutchilikda foydalaniladigan texnikalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

"Paul Mueller Company" 1940-yilda AQSHning Missuri shtatining Springfield shahrida tashkil etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini Osceola, Ayova, Groenlo, Niderlandiya va Vetnamda olib bormoqda.

Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekiston sut sanoatini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilashdir. Bu, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor vazifalariga mos keladi.

Uchrashuv davomida, O‘zbekistonning sut va meva-sabzavotlarni qayta ishlash salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Yakunida sutchilik va meva-sabzavotchilik sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling