Ant Yapi va Stellar Construction kompaniyalari Fargʻona rasmiylari bilan uchrashuvda oʻz loyihalarini taqdim etdilar
Ant Yapi va Stellar Construction kompaniyalari Fargʻona rasmiylari bilan uchrashuvda oʻz loyihalarini taqdim etdilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimligida Turkiyaning “Ant Yapi” qurilish kompaniyasi koordinatori Tokman Hayriy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda ushbu kompaniya Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, Rossiya kabi turli davlatlarda yirik qurilish, turar joy, mehmonxona va infratuzilma loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda Ant Yapi Holding guruhi tarkibiga kiruvchi va asosiy ofisi Rossiyada bo‘lgan “Stellar Construction” kompaniyasining murakkab sanoat qurilishi yo‘nalishidagi loyihalari taqdimot qilindi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyatida katta bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani, ko‘plab sanoat zonalari qurilayotgani haqida to‘xtalib, aniq loyihalar asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga eʼtibor qaratdi. Bu borada kelgusidagi chora-tadbirlar kelishib olindi.