Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 27/02/2025 Angren shahriga zamonaviy avtobuslar keltirilmoqda

Angren shahriga zamonaviy avtobuslar keltirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy avtobuslarni olib kelish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati Angren shahrida ro‘yxatdan o‘tgan "ANGREN AVTO GROUP" MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 15 ta YUTONG rusumli avtobuslarni bank krediti asosida xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Yaqin kunlarda mazkur zamonaviy avtobuslar olib kelinib, foydalanishga topshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling