Valyuta kurslari 03/02/2026
$1 – 12242.17
UZS – 0,14%
€1 – 14522.89
UZS – -0,26%
₽1 – 159.90
UZS – -1,3%
Qidirish
Andijonga navbatdagi 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi

Andijonga navbatdagi 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi

Andijonga navbatdagi 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijonda jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga qulay va ekologik toza transport xizmatini yo‘lga qo‘yish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “CAMBELL” rusumidagi zamonaviy elektrobuslar olib kelinib, bosqichma-bosqich shahar yo‘nalishlariga joylashtirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi qurilgan 2-elektrobuslar parkiga tashrif buyurib, mazkur park faoliyati hamda navbatdagi olib kelingan 40 ta zamonaviy elektrobusni ko‘zdan kechirdi.

Shu bilan birga, yangi elektrobuslar shahar ko‘chalarida belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshlab, aholiga xizmat ko‘rsatishga kirishdi.

Ushbu tashabbus shaharda transport xizmatlari sifatini oshirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling