Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Andijonda YTH ikki aka-ukaning hayotiga zomin bo‘ldi

Andijonda YTH ikki aka-ukaning hayotiga zomin bo‘ldi

Andijonda YTH ikki aka-ukaning hayotiga zomin bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, uning oqibatida ikki aka-uka halok bo‘ldi. Bu haqda Millar dasturi xabar berdi.

Hodisa 2 mart kuni taxminan soat 23:00 atrofida sodir bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobilini boshqarayotgan 32 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan yana bir Cobalt avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida ikkinchi avtomobilda bo‘lgan 16 yoshli o‘smir voqea joyida halok bo‘lgan, uning akasi esa shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («harakat xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lishi») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling