Valyuta kurslari 12/02/2026
$1 – 12287.31
UZS – -0,18%
€1 – 14644.02
UZS – -0,15%
₽1 – 158.83
UZS – -0,51%
Qidirish
Andijonda yirik giyohvand moddalar laboratoriyasi demontaj qilindi, 26 kg mefedron va 1,5 tonna prekursorlar musodara qilindi

Andijonda yirik giyohvand moddalar laboratoriyasi demontaj qilindi, 26 kg mefedron va 1,5 tonna prekursorlar musodara qilindi

Andijonda yirik giyohvand moddalar laboratoriyasi demontaj qilindi, 26 kg mefedron va 1,5 tonna prekursorlar musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasining Toshkent va Andijon viloyatlari bojxona boshqarmalarining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari boshqarmalari hamda Ichki ishlar idoralari vakillaridan iborat maxsus tezkor guruh sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelingan yirik narkolaboratoriya faoliyatini fosh qilishdi.

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dastlab Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxs to‘xtatilib, tekshirilganida uning yonida 2 ming so‘mlik kupyuraga o‘ralgan holatda 0,13 gr. "gashish" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanadi.

Narkojinoyatning ildiziga yetib borish va to‘liq bartaraf etish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning ko‘rsatmasiga asosan Toshkent katta halqa yo‘lining Zangiota tumanidan o‘tuvchi qismidagi yo‘l chetida joylashgan ombor ko‘zdan kechirildi. Natijada bu yerda 5 dona metall va yelim idishlarda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan 900 litr prekursor saqlanayotganligi aniqlandi.

Kalavaning uchi tezkor xodimlarni Andijon viloyati sari yetakladi. Tezkor tadbirda yana 2 nafar shaxs shubha ostiga olinib, yashirin kuzatilganida ular turli manzil havolalar bo‘yicha ko‘mib qo‘yilgan 100 litr suyuq va 25 kg. kukun ko‘rinishidagi prekursorlarni yashirilgan joyidan olib, Andijon shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi dala hovliga olib borishadi.

Tezkor tadbir davomida ushbu dala hovli ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda yashirin narkolaboratoriya tashkil qilingani fosh bo‘ldi.

Dala hovlida jami 26 kg. og‘irlikdagi “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, noma’lum kimoviy suyuklik shaklidagi 5 turdagi 590 litr prekursorlar saqlanayotganligi aniqlandi.

Dastlabki tekshiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu 2 nafar shaxs ijtimoiy tarmoqlardagi “Saymon” laqabli moliyaviy rahnamosi ko‘magida 15 ming 800 AQSH dollariga ushbu dala hovlini sotib olishgan va narkolaboratoriya tashkil qilishgan.

Shunday qilib, o‘tkazilgan keng qamrovli va ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar yakunida 26 kg. og‘irlikdagi “mefedron” hamda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan salkam 1,5 tonna prekursorlar va kimoviy suyuqliklar, turli maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling