Andijonda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasi doirasida logistika markazi qurilishi muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — China State Railway Group Co., Ltd bosh direktori o‘rinbosari Van Lisin rahbarligidagi delegatsiya Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolari Andijon temir yo‘l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi.
Shundan so‘ng logistika markazi loyihasi taqdimoti o‘tkazilib, markaz uchun ajratilishi rejalashtirilgan hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda Bobur muzeyida bo‘lib, hududning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishdilar.
Ushbu hamkorlikdagi yangi loyihalar mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash, Markaziy Osiyo davlatlarining transport koridorlarini diversifikatsiya qilish hamda mintaqaning xalqaro transport-tranzit markazi sifatida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.