Valyuta kurslari 12/02/2026
$1 – 12287.31
UZS – -0,18%
€1 – 14644.02
UZS – -0,15%
₽1 – 158.83
UZS – -0,51%
Qidirish
Andijonda gaz-havo aralashmasi portlashdan keyin binoni qayta tiklash ishlari boshlandi

Andijonda gaz-havo aralashmasi portlashdan keyin binoni qayta tiklash ishlari boshlandi

Andijonda gaz-havo aralashmasi portlashdan keyin binoni qayta tiklash ishlari boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijonda 2026 yil 11 fevral kuni gaz-havo aralashmasi portlashi sodir bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binosini tiklash ishlari boshlangani haqida Andijon viloyati hokimiyati xabar berdi.

Hodisa soat 23:55 da “Nodirabegim” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Portlash to‘qqiz qavatli uyning to‘qqizinchi qavatida yuz bergan. Hodisadan keyin yong‘in kelib chiqmagan, qo‘shni xonalar esa, mahalliy hokimiyat maʼlum qilishicha, zarar ko‘rmagan.

Hodisa joyiga Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonov yetib kelib, vaziyatni shaxsiy nazoratiga olgan. Ayni paytda portlash sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Hokim bino aholisi bilan uchrashdi va ularni tiklash ishlari davomida vaqtincha mehmonxonaga joylashtirishni eʼlon qildi. Ularni tashish uchun avtobuslar tashkil etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling