Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Andijonda gaz-havo aralashmasi portladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimligi maʼlum qilishicha, 2026 yil 11 fevral kuni soat 23:55 da Andijon shahridagi “Nodirabegim” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida gaz-havo aralashmasining portlashi sodir bo‘ldi.
Hodisa joyiga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yetib kelib, vaziyatni shaxsiy nazoratiga oldi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, portlash natijasida yong‘in yuz bermagan, qo‘shni kvartiralar ham zarar ko‘rmagan.
Ayni paytda hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tergov ishlari olib borilmoqda.