Andijonda gavjum yo‘l ustidagi ko‘prikdan sakrashga uringan qiz qutqarildi
Andijonda gavjum yo‘l ustidagi ko‘prikdan sakrashga uringan qiz qutqarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda gavjum yo‘l ustidagi ko‘prikda turgan va sakrashga uringan qiz tasvirlangan video tarqaldi. Hodisa 14 yanvar kuni soat 08:00 atrofida Andijon shahri “Ishchilar” mahallasidagi Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tadigan ko‘prikda sodir bo‘lgan.
Andijon viloyati IIB maʼlumotlariga ko‘ra, Andijon tumanida yashovchi 23 yoshli T.Z. ismli shaxs ruhiy holatining to‘satdan yomonlashishi tufayli ko‘prikka chiqib, sakrashni niyat qilgan.
Tergov xodimlari voqea joyiga tezda yetib kelishdi va boshqa tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda fojiali oqibatlarning oldini olishdi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.