Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Andijonda Cobalt haydovchisi ikki bolani urib ketdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijonda 3 aprel kuni soat taxminan 18:47 da Cobalt avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Andijon viloyati IIB matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 31 yoshli ayol “Hamdo‘stlik” mahallasida hovlidan chiqayotgan vaqtda ehtiyotsizlik orqali ikki nafar bolani urib yuborgan.
Jabrlangan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ular tibbiyot muassasasiga olib borildi. Hodisa yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, barcha holatlarni aniqlash maqsadida dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.