Andijon yuqori sifatli gilamlar ishlab chiqarish uchun xitoylik investorlarni jalb etmoqda
Andijon yuqori sifatli gilamlar ishlab chiqarish uchun xitoylik investorlarni jalb etmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning Xitoylik investor bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvi Andijon viloyatida gilam ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida bo‘ldi.
Muzokaralar chog‘ida Xitoylik investor zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori sifatli va bozorda talab yuqori bo‘lgan gilamlarni ishlab chiqaruvchi fabrikani Andijonda barpo etish istagini bildirdi.
Viloyat rahbari o‘z navbatida Andijonda xorijiy va mahalliy investorlar faoliyati uchun barcha zarur infratuzilma va shart-sharoitlar mavjudligini taʼkidladi.
Ushbu tashabbus amalga oshirilsa, hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy ishlab chiqarish salohiyati oshishi va eksportbop mahsulotlar turi kengayishi kutilmoqda.