Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Andijon viloyatida qariyb 8 kg oltinni noqonuniy olib o'tishga urinishning oldi olindi

Andijon viloyatida qariyb 8 kg oltinni noqonuniy olib o'tishga urinishning oldi olindi

Andijon viloyatida qariyb 8 kg oltinni noqonuniy olib o'tishga urinishning oldi olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari hamkorligida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Do‘stlik” chegara bojxona posti yaqinida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994 y.t. T.T. to‘xtatilib, unga tegishli xo‘jalik qopi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, qop ichidagi 3 dona temir qoplamali avtomobil ehtiyot qismlari maxsus vositalar yordamida bo‘laklarga ajratilganda, ularning ichiga jami 7 kg 784 g oltin bo‘laklari yashirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning umumiy qiymati 12 mlrd 465 mln 795 ming so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro Toshkent shahridan yuborilgan oltinlarni Qirg‘iz Respublikasida qabul qilib oladigan shaxsga yuk avtotransport vositalari haydovchilari orqali bojxona nazoratidan yashirgan holda yetkazishi kerak bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari doirasida ushbu qimmatbaho metallni haqiqiy egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling