Valyuta kurslari 11/12/2025
$1 – 12020.90
UZS – 0,15%
€1 – 13988.72
UZS – 0,01%
₽1 – 155.49
UZS – -0,76%
Qidirish
Andijon viloyatida qariyb 3 kilogramm gashish giyohvand moddasini noqonuniy olib o'tgan ikki kishi qo'lga olindi

Andijon viloyatida qariyb 3 kilogramm gashish giyohvand moddasini noqonuniy olib o'tgan ikki kishi qo'lga olindi

Andijon viloyatida qariyb 3 kilogramm gashish giyohvand moddasini noqonuniy olib o'tgan ikki kishi qo'lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, "Andijon – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda to‘xtatilib tekshirilganda, uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1984 y.t. J.R.ga tegishli 2 kg 994 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi hisoblangan, 1993 y.t. G‘.N. ham qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ular Qirg‘iz Respublikasidagi narkosavdogarlardan 23 ming AQSH dollariga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga keltirilgan giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida sotmoqchi bo‘lishgan.

Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ўтказиш...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlar olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling