Valyuta kurslari 03/03/2026
$1 – 12190.57
UZS – 0,15%
€1 – 14303.20
UZS – -0,38%
₽1 – 157.48
UZS – 0,02%
Qidirish
Andijon viloyatida ona va qiz 819 million soʻmlik oltinni yashirincha olib oʻtishga uringan paytda qoʻlga olindi

Andijon viloyatida ona va qiz 819 million soʻmlik oltinni yashirincha olib oʻtishga uringan paytda qoʻlga olindi

Andijon viloyatida ona va qiz 819 million soʻmlik oltinni yashirincha olib oʻtishga uringan paytda qoʻlga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Baliqchi tumanida yashovchi, 1985 y.t. ayol va uning 2006 y.t. qizi umumiy bahosi 819 mln so‘mni tashkil etuvchi, 7 dona nostandart shakldagi, jami 473 gr oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan holda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali Qirg‘iz Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtlarida to‘xtatib qolindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling