Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
Andijon viloyatida ayollarni ish bilan taʼminlash uchun ajratilgan subsidiyalarni noqonuniy sarflash holati aniqlandi

Andijon viloyatida ayollarni ish bilan taʼminlash uchun ajratilgan subsidiyalarni noqonuniy sarflash holati aniqlandi

Andijon viloyatida ayollarni ish bilan taʼminlash uchun ajratilgan subsidiyalarni noqonuniy sarflash holati aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusi bilan 2023 yil 22 iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 307-son qarori asosida Andijon viloyatida subsidiyalarni maqsadli va samarali ishlatish holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida Jalaquduq tumanining Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan “S.T.X” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari F.X. bilan oldindan til biriktirib, qonunchilikka zid ravishda harakat qilingani aniqlandi.

Jumladan, 2023 yilda tuzilgan ijtimoiy shartnomaga asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan 25 nafar ishsiz ayolning mazkur MCHJda kasanachi sifatida bandligi taʼminlangani va ularga 247,5 million so‘mlik tikuv asbob-uskunalari berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tekshiruv materiallari asosida Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling