Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Andijon viloyatida 5000 ta kuchli giyohvand moddalar olib ketayotgan transport vositasi musodara qilindi

Andijon viloyatida 5000 ta kuchli giyohvand moddalar olib ketayotgan transport vositasi musodara qilindi

Andijon viloyatida 5000 ta kuchli giyohvand moddalar olib ketayotgan transport vositasi musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, dorifurushlar tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasining noqonuniy muomilasi oldi olindi.

Xususan, Andijon shahri hududida avtohalokatga uchragan “CHANGAN SL03” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salon qismida 5071 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi vositasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar O‘zbekiston fuqarolari gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilindi.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling