Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
Andijon viloyati va Xitoy $500 millionlik GES loyihasini amalga oshiradi

Andijon viloyati va Xitoy $500 millionlik GES loyihasini amalga oshiradi

Andijon viloyati va Xitoy $500 millionlik GES loyihasini amalga oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi doirasida Xunan provinsiyasida “Sichuan Power Transmission & Transformation Construction” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida energetika infratuzilmasini zamonaviylashtirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilab olindi. Tomonlar 200 megavatt quvvatga ega gidroelektrostansiya qurish hamda mavjud podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha 500 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Ushbu kelishuv Andijon viloyatida energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yuqori texnologiyali yechimlarni joriy etish va yangi energiya manbalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, elektr tarmoqlarini yangilash va ekologik barqarorlikni taʼminlash orqali hududning energetika infratuzilmasi yana-da mustahkamlanadi.

Maʼlumot uchun: “Sichuan Power Transmission & Transformation Construction” — Xitoy va jahon miqyosida elektr energiya taʼminoti sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling