Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Andijon viloyati hokimi Xitoyning Shansan E-Commerce kompaniyasi bilan qishloq xo‘jaligi va pillachilikdagi loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoyning «Shansan E-Commerce Co. Ltd» kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi va ipakchilik sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya tomonidan viloyatning adirlik va cho‘l hududlaridan samarali foydalanish orqali xitoy uslubida dub ko‘chatlari ekish va ular asosida ipak qurti boqish tizimini yo‘lga qo‘yish loyihasi taqdim etildi.

Muzokaralar davomida mazkur tashabbusning amalga oshirilishi viloyatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish hamda hududdagi ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani joriy etish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari investorlarning taklifini qo‘llab-quvvatlab, mazkur tashabbus Andijon iqtisodiyotini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi salohiyatini yana-da yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling