Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoyda rasmiy muzokaralar olib bormoqda

Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoyda rasmiy muzokaralar olib bormoqda

Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoyda rasmiy muzokaralar olib bormoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rahbarligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Safar doirasida qator provinsiyalar va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvlar Jiangxi provinsiyasining iqtisodiy markazi hisoblangan Nanchang shahridan boshlandi. Mazkur shahar Xitoyning xalqaro savdo va eksport sohasida muhim o‘rin tutadi. Bu yerda asosan mexanika, elektronika, to‘qimachilik va agrar mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilgan.

Delegatsiya aʼzolari Nanchang da joylashgan “Jiangxi Changnan Construction Group” kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik doirasida arxitektura va muhandislik loyihalarini amalga oshirish, infratuzilma qurilishi hamda qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalariga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, “Jiangxi Changnan Construction Group” — Xitoyning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib, uning loyihalari mamlakatning turli hududlarida, shu jumladan yirik shaharlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Tashrif doirasida Andijon viloyati delegatsiyasi tomonidan hududga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling