Andijon viloyati delegatsiyasi Sent-Luisdagi ITF Group kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Andijon viloyati delegatsiyasi Sent-Luisdagi ITF Group kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Andijon viloyati delegatsiyasi Sent-Luisdagi ITF Group kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Andijon viloyati delegatsiyasi Sent-Luisdagi ITF Group kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Missuri shtatida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Sent-Luis shahrida joylashgan ITF Group kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hamyurtimiz Saidazim Burxanxadjayev asos solgan mazkur ITF Group kompaniyasi xalqaro logistika va omborxona yechimlarini taklif etishda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya infratuzilmasi bilan uyg‘unlashgan HaulerHub raqamli platformasi yuk jo‘natuvchi, tashuvchi va brokerlarni yagona tizimda birlashtirib, transport jarayonlarini tezkor va samarali boshqarish imkonini bermoqda. Shu jihatdan ITF Group Shimoliy Amerika bozorida ishonchli va nufuzli yuk brokerlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Uchrashuvda kompaniyaning ish tajribalarini o‘rganish, Andijon viloyatida logistika xizmatlarini rivojlantirish va AQSH bozoriga mahalliy mahsulotlarni kengroq chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi.

Ushbu hamkorlik viloyatimizda zamonaviy logistika tizimini joriy etish hamda eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling