Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
Andijon viloyati delegatsiyasi “Oppenheimer & Co. Inc.” kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Andijon viloyati delegatsiyasi “Oppenheimer & Co. Inc.” kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Andijon viloyati delegatsiyasi “Oppenheimer & Co. Inc.” kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nyu-York shahrida dunyo moliya markazlaridan biri sanalgan “Oppenheimer & Co. Inc.” kompaniyasi boshqaruv direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Maʼlumki, “Oppenheimer & Co. Inc.” AQSHning moliyaviy xizmatlar sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, investitsiya, aktivlarni boshqarish, brokerlik xizmatlari hamda xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Nyu-Yorkning Uoll-strit markazida joylashgan mazkur kompaniya dunyodagi yirik sarmoyadorlar bilan hamkorlik qiladi.

Uchrashuvda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda Andijon viloyatining sarmoyaviy salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Jumladan, to‘qimachilik sanoat zonasi — qiymati 180 mln. dollar bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi, eksportbop mahsulotlar tayyorlash va minglab ish o‘rinlari yaratish, “Sunʼiy dam olish ko‘li” turistik maskani — qiymati 20 mln. dollar, mahalliy va xalqaro sayyohlar uchun zamonaviy dam olish infratuzilmasini rivojlantirish, “Yangi Andijon” shaharsozlik dasturi — qiymati 1 mlrd. dollar, zamonaviy uy-joylar, infratuzilma, taʼlim va sog‘liqni saqlash muassasalari qurish kabi yirik investitsiya loyihalari namoyish etildi.

Muzokaralar yakunida “Oppenheimer & Co. Inc.” Andijon viloyatiga 300 mln. dollar miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Mazkur kelishuv viloyat iqtisodiy taraqqiyotiga yangi surʼat bag‘ishlashi bilan birga, O‘zbekistonning jahon moliya bozorlaridagi nufuzini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling