Valyuta kurslari 28/01/2026
$1 – 12128.02
UZS – 0,25%
€1 – 14419.00
UZS – 0,46%
₽1 – 158.52
UZS – -0,08%
Qidirish
Andijon va Turkiya mebel sanoati sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarmoqda

Andijon va Turkiya mebel sanoati sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarmoqda

Andijon va Turkiya mebel sanoati sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan “Tuna Ofis” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, mebelsozlik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Andijon viloyatiga investitsiya kiritish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishda tajriba almashish hamda qo‘shma mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

“Tuna Ofis” Turkiyada ofis mebellari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarida Germaniya, Italiya hamda mahalliy ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanadi.

Istanbul shahrida joylashgan zamonaviy fabrika yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati yuqori.

Kompaniya mahsulotlari nafaqat Turkiya bozorida, balki Yaqin Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan.

Mazkur hamkorlik Andijon viloyatida mebelsozlik sanoatini yana-da rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling