Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Andijon va Hunan Construction davlat infratuzilmasi loyihasi bo‘yicha kelishib oldi

Andijon va Hunan Construction davlat infratuzilmasi loyihasi bo‘yicha kelishib oldi

Andijon va Hunan Construction davlat infratuzilmasi loyihasi bo‘yicha kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Changshi shahrida Hunan Construction Investment Group kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Hunan Construction Investment Group — Xitoyning yetakchi qurilish va investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, Xunan provinsiyasidagi barcha qurilish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Kompaniya faoliyati qurilish, transport, energiya, muhandislik va investitsiya sohalarini qamrab oladi.

Uchrashuvda tomonlar Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan yirik qurilish loyihalari, jumladan, yangi uy-joylar barpo etish, sanoat zonalarida kommunikatsiya tizimlarini yangilash hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan “Bobur shahri” doirasidagi obyektlar qurilishi bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar natijasida mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling