Andijon tadbirkorlari Afg‘onistonga tashrif buyurdi

Andijon tadbirkorlari Afg‘onistonga tashrif buyurdi

Andijon tadbirkorlari Afg‘onistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11 aprel kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligida 110 nafar tadbirkordan iborat delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi Muxammad Saidkarim Xoshimiy, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov hamda Savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Mavlaviy Shaxobiddin Sakib kutib oldi.

Tashrif doirasida delegatsiya Kobul va Hirot shaharlarida bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, Hirot shahrida yangi savdo uyini ochish ham ko‘zda tutilgan.

Ushbu tashrif Afg‘oniston bozorini o‘rganish, mahalliy talabga mos mahsulotlar ishlab chiqish, eksportni kengaytirish va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling