Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
An’analardan texnologiyagacha: Rimdagi Butunjahon oziq-ovqat forumida Oʻzbekistonning iqlimga mos qishloq xoʻjaligi boʻyicha yondashuvi

An’analardan texnologiyagacha: Rimdagi Butunjahon oziq-ovqat forumida Oʻzbekistonning iqlimga mos qishloq xoʻjaligi boʻyicha yondashuvi

An’analardan texnologiyagacha: Rimdagi Butunjahon oziq-ovqat forumida Oʻzbekistonning iqlimga mos qishloq xoʻjaligi boʻyicha yondashuvi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13–17 oktabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rimdagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon oziq-ovqat forumi doirasida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda iqlimga mos qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va global yechimlardagi hissasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Italiyadagi Tuskia universiteti (University of Tuscia) talabalaridan iborat Oʻzbekiston yoshlari delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Butunjahon oziq-ovqat forumi — FAOning asosiy global tashabbuslaridan biri boʻlib, agrar oziq-ovqat tizimlarini isloh qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, barqarorlik va iqlim oʻzgarishi muammolariga yechim topishga qaratilgan. Bir hafta davom etuvchi ushbu forum doirasida muloqotlar, panel muhokamalari va innovatsion laboratoriyalar oʻtkazilib, unda dunyo yetakchilari, ekspertlar, xalqaro moliyaviy institutlar va xususiy sektor vakillari, jamoatchilik arboblari, yoshlar va faollar ishtirok etadi.

Oʻzbekiston ishtirokidagi tadbir Italiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi, FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Shu kabi Oʻzbekiston yutuqlariga bagʻishlangan tadbirlar 2022–2024 yillarda ham oʻtkazilgan boʻlib, bu yil ham an’anaga aylangan shaklda mamlakatning agrar yutuqlari va boy madaniyati yuqori saviyada namoyish etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili va bosh direktor oʻrinbosari Viorel Gutsu hamda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Munira Aminova kirish soʻzlari bilan chiqish qildilar.

Tadbirning asosiy maqsadi Oʻzbekistonning agrar sohadagi yutuqlarini va global iqlim yechimlariga qoʻshayotgan hissasini ta’kidlashdan iborat boʻldi. Oʻzbek talabalari iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va barqaror agrar oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish borasidagi oʻz tashabbuslari bilan boʻlishdilar.

Mehmonlar Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va uning qishloq xoʻjaligidagi an’analarga ta’siri bilan tanishdilar, yoshlar uchun ta’lim va innovatsiyalar sohasida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot oldilar hamda mamlakatning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadilar.

Tadbir samimiy muhitda oʻtib, Oʻzbekistonga xos mehmondoʻstlik ramzi boʻlgan an’anaviy palov bilan yakunlandi. FAO bosh qarorgohidagi “Uzbekistan Lounge” nomli maxsus burchakda oʻtkazilgan uchrashuv mamlakatning madaniyati va milliy qadriyatlarini oʻzida mujassam etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling